Har bir tilning gap qurilmasi bir-biridan farqlanadi. Shu boisdan biror bir xorijiy tilda
nutqiy ko’nikmalarni to’g’ri shakllantirish uchun eng avvalo o’sha til doirasida sintaktik jihatdan so’zlarning
o’zaro birikishini bilish kerak bo’ladi.
Mazkur maqolani yozishdan maqsad nemis tilidagi fe’l boshqaruvi asosida so’z birikmasi tashkil qilish
va undan nutqda samarali foydalanish usullari bilan talabalarni tanishtirishdir. Maqolada o’zaro muqobil bo’lgan
sodda va yasama fe’llarning o’ziga tobe so’z bilan boshqaruv munosabatida qanday birikishi qiyosiy jihatdan
tahlil qilingan va bu sintaktik aloqa turi qoidalarini tez va oson o’zlashtirib olish usullari ko’rsatilgan