Ushbu maqolada A.G‘ulomovning so‘z yasalishi bilan bog‘liq ilmiy qarashlari
keltirilgan bo‘lib, bu borada boshqa tilshunos olimlar A.N.Kononov, A.Xojiyev Y.Tojiyev, S.F.Anorboyev,
Z.Ma’rufov, T.Xo‘jaxonovlarning ham fikrlari o‘rganilgan. Shuningdek, o‘zbek tilidagi so‘z yasovchi
qo‘shimchalarning asosli tahlil etilganligi chet el olimlaridan G.I.Ramstedt, M.Ryasyanen, J.Denu,
S.Brokelmann, N.Kotvich, A.Zayonchkovskiylar tomonidan ham tasdiqlanganligi masalasi yoritilgan.