Mazkur maqolada kauzativlikning makromatnda ifodalanishi yoritiladi. Kauzal matnlar
bir komponentli va ko‘p komponentli kabi turlarga bo‘lib tahlil qilinadi. Ammo bir komponentlilikni nisbiy
tushunmoq darkor. Masalan, kauzal matn bir komponentli bo‘lib shakllangandek ko‘rinsa-da, aslida vaziyat buni
taqozo etmaydi. Zotan, kauzativ jarayon X (kauzator) – Y (kauzant) – Z (konsekvent – semantik xulosa) tarzida
voqelanar ekan, unda doim ko‘pkomponentlilik alomati kuzatiladi. Jumladan, buyruq ko‘rinishidagi bir so‘zli
kauzativ matnlar tuslangan formada qo‘llangani uchun, kauzativ vaziyatda binarlik alomatlari borligi izoh talab
qilmaydi. O‘z navbatida, kauzativ jarayonda ishtirok etayotgan shaxs kauzatsiya kauzatori tomonidan
kauzatsiyalanayotganini ham inkor etib bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday ko‘rinishdagi matnlarni shartli
ravishda bir komponentli deb izohlaymiz. Katta hajmli kauzativ matnlarda kauzatorning qo‘zg‘ash faoliyati
mazmunan butun matnni qamrab olganligi uchun bunday vaziyatni makrokauzatsiya deb ataymiz.