O‘zbek an’anaviy tilshunosligi zaminida shakllangan, taraqqiyot yo‘lini tanlagan va belgilangan maqsad asosidagi vazifalarini muvaffaqiyatli ado etgan o‘zbek substansial tilshunosligining hozirgi holati fanimizda yangi yo‘nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat-markazida “lison-nutq” masalasini turli daraja va ko‘rinishda namoyon qiluvchi “til va jamiyat”, “til va madaniyat”, “til” va shaxs”, “milliy til va milliy tafakkur”, “til va sun’iy intellekt” kabi