Maqolada nutqiy aktlar nazariyasining eng munozarali mavzularidan biri hurmat
tamoyillarining til tizimida aks etish usullari ispan badiiy asarlaridan olingan misollar orqali yoritib
berilgan. Badiiy asarlar tahlili natijasida olingan xulosalarga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, hurmat
shakllari implitsit ravishda ifodalangan nutqiy aktlarning shakl va mazmuni orasida ma’lum darajadagi
nomutanosiblikning mavjudligi bois, ilokutiv maqsad (so‘zlovchining kommunikativ maqsadi) til tizimida
yaqqol aks ettirilmaydi va muloqot intensiyasi (maqsadi) matnga tayangan holda talqin etiladi.