XX asr o’zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri Abdulla Oripovning
sehrli va yuksak g’oyaviy she’riyati chinakam badiiyat mahsuli, an’anaviy she’riyat qoliplariga sig’mas
betakror hodisadir. Bu mo’jizakor she’riyatda suvratlangan dardlar, iztiroblar, ko’ngil holatlari, xalq
ruhiyati, olam va odam o’rtasidagi munosabatlar, xalq, millat, Vatan mavzusi shu kunga qadar she’riyatga
ixlosmand ko’ngillarni o’ziga rom etib, hissiyotlarini bezovta qilib kelmoqda. Ayniqsa, shoirning tabiat
obrazlari, u bilan bog’liq hodisalarni poetik jonlantirish mahorati aks etgan she’rlari diqqatga sazovordir.