Mazkur maqolada XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Rossiya imperiyasi
bosqinidan keyin Amudaryo bо‘limida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy, huquq-tartibot sohasida
amalga oshirilgan tadbirlar haqida sо‘z yuritiladi. Amudaryo bо‘limi ikki uchastkaga bо‘linib
boshqarilgan. Aholi yashaydigan joylarning avvaldan saqlanib keliyotgan nomlari bilan birga, avval
ularda bо‘lmagan joylarni, ovullarni raqamlar bilan belgilash amaliyotga kiritilgan. Bо‘limda
harbiylashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilganiga e`tibor qaratilgan. Sud jarayonida ishtirok etishi
mumkin bо‘lgan sud-huquq tizimi amaldorlarining vazifalariga aniqlik kiritilganligi ham yoritilgan.
О‘lkada rus ma`muriyati talablariga qarshi bо‘lganlar uchun aynan shu davrda turmaxona va
qamoqxonalar tashkil etilganligiga ahamiyat berilgan.