Ushbu maqolada muallif ingliz va o’zbek tillarida o’timli va o’timsiz fe’llarning
tasnifi muammosini, xususan o’zbek va ingliz tillarida fe’llarning leksik-semantik jihatdan o’xshashlik va
farqli tomonlarini ilmiy asoslab o‘rgangan. Chunki, chog‘ishtirma tilshunoslik chet tili o‘qitish
metodikasining lingvodidaktik asosi hisoblanib, bir-biriga qardosh bo‘lmagan tillardagi farq va
o‘xshashliklarning metodik jihatdan ahamiyatining o‘rganilishi xorijiy tilni o‘zlashtirayotganlar nutqida
ro‘y beradigan tillararo interferensiya va fasilitatsiyalarni aniqlash, o‘rganilayotgan tilning qulay va
samarali jihatlarini aniq ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, turli tillarning o‘ziga xos tendensiya va
qonuniyatlarini ochib berish, tillararo muqobillarni aniqlash, doimiy aloqada bo‘lgan tillarning o‘zaro
boyishi hamda bir-biriga ta'sirini oydinlashtirish kabi masalalar o’rganilgan