Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida davrga xos ayrim kiyim-kechak
leksemalari tadqiq etildi, misollar orqali izohlandi. Navoiy asarlari lug‘at tarkibidagi kiyim-kechak leksikasi
(KKL)ni aniqlash tilimiz tarixi, o‘zgarishlari, leksik boyligi, XV asrda o‘zbek xalqining turmush-tarzi,
madaniyati haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan o‘z
qatlam kiyim-kechak nomlari tarixi ko‘hna yozma manbalarga borib taqaladi. Masalan, to‘n, bo‘rk, ko‘ylak,
burunchak, o‘tuk (etuk) singari KKL qadimgi va eski turkiy til yodgorliklarida uchraydi. Bu leksemalarning
ko‘pchiligi hozirgi turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida biroz fonetik va ma’no o‘zgarishi bilan qo‘llanib
kelamoqda.
Maqolada Navoiy qo‘llagan ayrim kiyim-kechak nomlari qadimgi va eski turkiy tilga, shuningdek,
zamonaviy turkiy tillarga, jumladan, hozirgi o‘zbek tiliga qiyoslab, leksik-semantik va etimologik jihatdan
tadqiq etildi.