Maqola Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida tasavvufona qarashlarning nazariy negizlari va badiiy talqinini yoritishga qaratilgan. Asardagi boblar ta’rifida keltirilgan komil inson sifatlari kamolot darajalarining bosqichlari sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek, sharq mumtoz adabiyotidagi pir va murshid munosabati masalasi asardagi hikoyat va hikmatlar misolida tahlil etilgan.