Maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur...” nomli dostonida tasvirlangan Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy obrazi, uning hayoti, ijodiy faoliyati tahlil etilgan. Dostonda “Boburnoma”da keltirilgan tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar tasviri qay darajada ifodalangani, shoir unga qay yoʻsinda yondashgani xususida fikr yuritilgan.