Ushbu maqolada badiiy adabiyotdagi hayvonlar obrazlari, insonlar va hayvonlar oʻrtasidagi munosabatlar, jonivorlarning insonlar hayotidagi oʻrni kabi masalalar koʻrib chiqildi. Animalistik adabiyot uzoq tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Uning ildizlari uzoq qadim zamonlarga – yer yuzida hayot paydo boʻlgan davrlarga borib taqaladi. Inson va hayvonlarni uzoq evolutsion taraqqiyot birlashtirib turadi. Bu taraqqiyot davomida hayvonlar insonlarga qiyinchiliklarni yengib oʻtishda yaqindan yordam bergan.