Ushbu maqolada texnika yo‘nalishli oliy ta`lim muassasalarida umumkasbiy
fanlarni o‘qitish sifatini oshirish masalasi “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani misolida
qaralgan. Zamonaviy jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ammo, o‘qitish sifatini oshirishda virtaul ta`lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan
foydalanish masalasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Ana shundan kelib chiqqan holda maqolada
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda virtual ta`lim texnologiyalaridan
foydalanish haqida fikr yuritilgan