Ushbu maqolada rus va o‘zbek tilshunosligidagi gapning aktual bo’linishi va so‘z
tartibiga doir ishlar o‘rganildi. Ishda gapning aktual bo‘linishi va so‘z tartibi masalasi e’tiborga olinib,
gapning aktual bo‘linishi muhim kommunikativ-sintaktik hodisa sifatida so‘zlar tartibiga bog‘lab
o‘rganildi. Gapning aktual bo‘linishi mantiqiy birlik bo‘lgan hukmning bo‘laklanishi (sub’ekt va predikatga
bo‘linish)ga o‘xshaydi, degan ayrim tilshunoslarning mulohazalariga qo‘shimcha qilinib, aktual bo‘linish
mantiqiy-grammatik bo‘linish deb nomlanishi aytildi. Muhim aktuallashtiruvchilar qatorida: prosodik
aktuallashtiruvchi vosita (mantiqiy urg‘u va u bilan bog‘liq bo‘lgan nutq tempi hamda pauza), emfatik
emotsional urg‘u (emfatik urg‘uda hissiylik kuchli bo‘ladi, unli yoki undosh cho‘ziladi), leksik va
grammatik aktuallashtiruvchi vosita (faqat, yolg‘iz, hatto, o‘zi so‘zlari va -gina, -oq, -yoq qo‘shimchaci
kabilar) o‘rganildi