Ushbu olib borilgan va davom ettirilayotgan tadqiqotda mustaqil O‘zbekiston
tarixida jirkanch iz qoldirgan, mustabid Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan qatag‘on
siyosatidan oldin bajarilgan yana bir qabih siyosat haqida fikr yuritiladi. Ya’ni, qatag‘ondan oldin
o‘tkazilgan “tozalash” tufayli minglab o‘zbekistonliklar quvg‘in qilinganligi haqida qimmatli
ma’lumotlar beriladi.