Ushbu maqolada qadimgi va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tarqalgan qo‘lda
yasalgan bezakli sopol idishlarning yasash texnikasi xususida qisqacha mulohazalar bayon etilgan.
Yevroosiyo kengliklarida jez va temir davridan rivojlangan o‘rta asrlarga qadar ko‘plab yodgorliklardan
qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlar topilgan. Bu turdagi sopol idishlar eramizdan oldingi I ming yillik
oxiri va eramizning I ming yilliklari boshlarida kamayib ketsa-da, X-XIII asr boshlarida, Qoraxoniylar
davridan O‘rta Osiyoning juda katta hududida yana paydo bo‘lgan. Maqolada shu turdagi sopol
majmualarini yasash texnikasini o‘rganilishi va texnologik xususiyatlari xususida fikrlar bildirilgan