Ilmiy maqolada Buyuk ipak yoʻli tarixining Yevrosiyo ilmiy jamoatchiligi
tomonidan oʻrganilishining zamonaviy tarixiy tadqiqotlarga asoslangan jihatlari batafsil yoritib
berilgan. Tarixshunoslik yoʻnalishida Yevropa davlatlarida qoʻllaniladigan tadqiqot metodlarini
qoʻllash orqali Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishning zamonaviy metodologiyasi haqida maʻlumotlar
keltirilgan. Yevrosiyo davlatlarini o‘zaro madaniy-gumanitar sohalarda bogʻliq holda faoliyat
yuritishda Buyuk ipak yoʻlining muhim ahamiyatli jihatlari xorijiy ilmiy adabiyotlardagi
ma’lumotlarga asoslangan holatda yoritib berilgan. Mahalliy va xorijiy materiallar yordamida
tadqiqotning tarixshunoslik jihatlarini tadqiq etishning foydali modellari tushuntirilgan.Tarixiy
tadqiqot metodlaridan biri boʻlgan qiyosiy uslub orqali, Yevropa, Amerika va Osiyo tarixshunosligida
Buyuk ipak yoʻlini tadqiq etilganlik darajasi tahlil qilingan. Zamonaviy tahliliy metodlaridan
foydalanilib, Oʻzbekistonda madaniy meros turizmini rivojlanishida shaharlar misolida nazariy va
amaliy tahlili koʻrib chiqilgan. Shuningdek, Ipak yoʻlining asosiy tarmogʻida joylashgan
Oʻzbekistonda zamonaviy tadqiqotlar asosida tarixshunoslik yoʻnalishini rivojlanishining xususiyatlari
qiyosiy tahlil qilingan va uning tarixiy mohiyati bayon etilgan. Tadqiqotning natijasi sifatida, Buyuk
ipak yoʻlini oʻrganishning zamonaviy metodologiyasiga oid tavsiyalar keltirib oʻtilgan