To‘garak mashg‘ulotlari shaxsning barkamol kamol topishga, o‘sib kelayotgan
avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o‘quvchilarga mehnatsevarlikni
singdirishga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan, uning asosiy
vazifasi o‘quvchi yoshlarga qo‘shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga ularning bo‘sh vaqtini
sermazmun o‘tkazish, yoshlarning ongiga vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishdan iboratdir.
Ushbu maqolada matematika fani bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarda ta’lim texnologiyasini
loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlardan biri akmeologik yondashuv yoritilgan.