Ushbu maqolada yangi O‘zbekistonda gender siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va so‘nggi 6 yil ichida gender tengligi sohasida erishilgan yutuqlar tahlil qilingan. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan qonunlar, ularning ahamiyati atroflicha tushuntirilgan va mamlakatimizda xotin-qizlarning bilim olishi va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar bandligini ta’minlash, kelajagimiz yoshlarini tarbiyalashda xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan siyosatning ahamiyati va tafsilotlari batafsil tushuntiriladi.