Ishda ammiakli selitra suyuqlanmasiga 175oС harorat va 100 og‘irliq qism selitraga
nisbatan 3 dan 35 gacha og‘irlik ulushda Shо‘rsu, Dehqonobod, Navbahor, Qarnob va Ketmonchi konlari
dolomit unini qо‘shishdan keyin olingan ohakli-ammiakli selitra namunalarining qizdirish sovutish termik
tahlillari, modifikatsion о‘zgarishlari, kristall panjarasining kam deformatsiyasi va ularning donalar yetarli
mustahkamligi, donalar mustahkamligini aniqlash natijalari keltirilgan. Olingan namunalarining dastlabki
parchalanish harorati va faollanish energiyasi 25 dan 300oС gacha harorat oralig‘ida о‘rganildi va
mahsulotlar donalarini olish minoralardagi donadorlash jarayoniga mos ravishda amalga oshirilgan.
Magniyli ohakli-ammiakli selitrasi donalarining 20↔60°С qizdirish-sovitish sikllarga termik turg‘unligi
о‘rganildi.