Ma'lumot

KADMIY VA INDIYNI ANIQLASHDA ELEKTROKIMYOVIY SENSORLARNI ISHLAB CHIQISH VA QO‘LLASH

Smanova Z.A., Raximov S.B., Ziyaev D.A.


Organik reagentlar bilan modifikatsiyalangan elektrokimyoviy sensorlar yordamida
In va Cd ionlarini inversion voltamperometrik aniqlash usuli ishlab chiqilgan, hamda bufer aralashmalar va
fon elektrolitlarning optimal tarkibi va potensialning ta’siri, sensorlarda depolyarizatorning to‘planish
vaqti, aniqlanayotgan eritmaning temperaturasi va tok diapazonini foydali analitik signal kattaligiga ta’siri
ko‘rsatilgan. Tadqiq qilingan metallarni real tabiiy ob’ektlarda va sanoat materiallarida selektiv inversion
voltamperometrik aniqlash natijalariga begona kationlar, kompleks hosil qiluvchi birikmalar va
anionlarning ta’siri o’rganilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v5.1232.1245

195 Ko'rishlar | 149 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish