Ma'lumot

POLIOKSIDLI KATALIZATORLAR SINTEZI VA UNING XARAKTERISTIKALARI

Saidov X.M., Sayitqulov Sh.M., Muxamadiyev N.Q.


Ishda yengil uglevodorod (C1–C4) larning konversiyasi uchun cho’ktirish, “zol–gel”
usullaridan foydalanib, katalizatorlar sintezi amalga oshirilgan. Sintez jarayonida qo’zg’almas faza sifatida
mahalliy xom–ashyo bentonitdan olingan nanoo’lchamli, mezog’ovakli Al2O3 ishlatilgan. Olingan
katalizatorlarning element tarkibi Ni, Zr, V, Cr, Al, O, Ti, Mg lardan, fazaviy tarkibi esa TiO2, MgO, NiO,
Cr2O3, Al1,67O3, NiO, TiO2, Al2O3, Zr3NiO lardan iborat ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, katalizatorlarning sorbsion xarakteristikalari geksan va benzol bug’larining
adsorbsiyasi orqali o’rganilgan. Olingan katalizatorlarning solishtirma sirt yuzasi 165–210 m2/g oraliqda,
g’ovaklarning o’rtacha o’lchami 1,80–2,00 nm, g’ovaklarning solishtirma hajmi ham 0,71–0,87 sm3/g
hamda monoqavat sig’imi (αm, mol/kg) 3,72  1,08 dan 2,48  2,18 gacha oraliqda ekanligi aniqlangan



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v5.1232.1240

173 Ko'rishlar | 119 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish