Ma'lumot

O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON RESPUBLIKALARI HAMKORLIGINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH MASALALARI

G‘.R.Mirzayev


Mazkur maqolada O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlarining mustaqillik yillaridagi hamkorligi masalalari berilgan. Mintaqa davlatlarining mustaqil davlat sifatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, huquqiy jihatlari asoslab berilgan. Mazkur mamlakatlar hamkorligida iqtisodiy va madaniy sohalarning tutgan o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Davlatlararo hamkorlikning tarixiy rivojlanib borish genezisi va mintaqaviy integrasiyani mustahkamlashdagi roli tahlil etilgan. Mintaqada iqtisodiy integrasiyani yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston va Qirg‘iziston roli izohlangan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligining Markaziy Osiyo davlatlari integrasiyalashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlari izohlab berilgan. Shuningdek, ikki mamlakat hamkorligining o‘tgan davr mobaynida bir xil kechmaganligi sabablari aniqlangan va murakkab vaziyatda O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Xususan, transchegaraviy daryolar, kommunikasiya va energetika resurslari masalasidagi hamkorligi yoritilgan. Ikki mamlakat hamkorligidagi muammolar aniqlanib, ular yechimiga doir takliflar berilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v4.1281.1218

216 Ko'rishlar | 145 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish