Ishda jo‘xori kraxmalini qattiq fazada karboksimetillash orqali karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi olindi (Na-KMK). Olingan mahsulotning almashinish darajasiga boshlang‘ich reagentlar nisbati ta’siri o‘rganildi. Na-KMK suvli eritmalarining qovushqoqligi viskozimetrik usulda tadqiq qilindi. Na-KMK eritmasining almashinish darajasi, eritma pH-qiymati va haroratni eritmalarning keltirilgan qovushqoqligiga ta’siri aniqlandi.