Oʼsimliklardan ajratib olingan kimyoviy moddalar kimyo sanoatida turli sohalarida keng qoʼllanilmoqda. Аlifatik aminlarni ham qoʼllanish sohalari turlicha boʼlib, jumladan, kimyo sanoatda kaliy xlorid ishlab chiqarishda flotatsiya jarayonida koʼpiklantiruvchi flotoreagent sifatida ishlatiladi. Maqolada yogʼ moy kombinatlari chiqindisi (soapstok)dan ajratib olingan distillangan (tarkibida C16-C18 uglerod atomi saqlagan) yogʼ kislotalari (DYoK) asosida kislota amidlari va nitrili sintez qilingan. Olingan nitrilni 50 mPa bosimda vadorod bilan gidrogenlab tozalik darajasi 98% boʼlgan birlamchi alifatik aminlar olingan. Sintez qilingan birikmaning tarkibi GX-MS xromatografiyasi orqali isbotlangan