Mazkur ishda Samarqand viloyatining ayrim tumanlari tuproqlari va shu tuproqlarda o’sgan paxta chigitining aktivligi gamma spektrometrda olingan tajriba natijalari asosida qiyosiy o`rganildi. Shuningdek viloyat tumanlari tuproqlaridagi va paxta chigiti tarkibida mavjud 226Ra, 232Th, 40K va 137Cs radionuklidlar aktivligi ham o`rganildi. Tajriba natijalariga ko`ra tuproqlardagi radioaktivlik paxta o`simligi chigiti tarkibidagi aktivlikdan ancha (4-5 marta) yuqori ekanligi aniqlandi.