Mazkur maqolada Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar oilasiga
kiruvchi tillarni qiyoslab o‘rganish asosida yangi nazariya yaratuvchisi ekani ta’kidlanadi.
Bunda uning so‘z yasalishi, dialektlar, etnonimlar, so‘zlarning ma’nolari, onomastika,
grammatik shakllar, so‘zlar etimologiyasi, tovushlar tahlili, yozuv tizimi, talaffuz me’yorlari,
uslubiyat haqidagi fikrlari zamonaviy tilshunosligimiz nuqtai nazaridan tahlil etilgan.