Ushbu maqolada psixolingvistikaning fan sifatida shakllanishi,
rivojlanish bosqichlari, xorijiy til oʻrganishda psixolingvistikaning o’rni va roli haqida fikr
yuritiladi. Psixolingvistika haqida gʻarb va sharq olimlarining qarashlari bayon etilgan.
Psixolingvistika nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish, ona tili va chet tilini oʻzlashtirish
jarayonlariga murojat qiladi. Til tafakkur singari ijodiy jarayon boʻlib, til paydo boʻlishining
eng birinchi sababi insonni ichki ehtiyoji, ya’ni olam va boshqa shaxslar bilan munosabatga
kirishishidir. Ilk maktab yoshidagi oʻquvchilarning idroki, xatti-harakatlar, oʻyinli harakatlar,
mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchisi chet tili, xususan,
ingliz tilini oʻrganish jarayonida oʻqituvchi koʻrsatmalarini hamda darslik, multimediya
vositalaridan berilgan rang-barang tasvirli materiallar orqali til oʻrganishni amalga oshirib
boradi.