Maqolada Maxalliy xomashyolar asosida АДж-2, АДж-3, АДж-10 va АДж-11
markali yangi oligomer antipirenlar olinib ularni yog‘och qurilish materiallari bilan ishlov berishning
optimal miqdori va yong‘inbardoshlik xossalarning samaradorligi tadqiq etilgan. Namunalarni
o‘rtacha massa yo‘qotishi 20% li suvli eritmasida 5,2% tashkil etib, yong‘in bardoshliligi I guruhiga
kirishi aniqlandi. АДж-11 markali antipiren bilan ishlov berilgan yog‘och namunalarida uzunligi
bo‘yicha talofat darajasi deyarli yo‘qligi va mustaqil yonish vaqti kichik qiymatga ega ekanligi tajriba
sinov natijalari asosida tadqiq etildi.