Maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga “sferik
trigonometriya” fanini fuzionizm g‘oyasi asosida o‘qitishda, tekislikdagi Yevklid geometriyasi va sferik
trigonometriyada uchraydigan “analog” tushunchalaridan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. Bunday
“analog” tushunchalar tahlil qilinib, ular uch guruhga ajratilgan. Birinchi guruhda har ikkala fanda ham
uchraydigan bir xil talqin qilinadigan tushunchalar; ikkinchi guruhda bir biridan farq qiladigan, aslida bir
biriga yaqin ma’noga ega bo‘lgan tushunchalar; uchinchi guruhda birida uchraydigan, ikkinchisida
ishlatilmaydigan tushunchalar keltirilgan