Tadqiqotlar natijasida reaksiya oʻtishining quyidagi maqbul sharoiti tanlandi:
reaktorning o’rta zonasida 165℃ haroratda, hajmiy tezlik – 2000 soat-1, 4 atm bosimda, etilenning sirka
kislotaga nisbati 4:1 va kislorod miqdori 7 hajm %. Ushbu maqbul sharoitda vinilasetat hosil bo’lishi va
etilen oksidlanishi reaksiyalari faollanish energiyalari mos ravishda quyidagilarga teng: Ea(VA) = 8,17
kkal/(mol∙K) va Ea(SO2) = 19,61 kkal/(mol∙K). Harorat 220℃ dan oshganda etilenning oksidlanish tezligi
vinilasetat hosil bo’lish tezligidan yuqori bo’lishi aniqlandi. Palladiy katalizatori ishtirokida etilen va sirka
kislatasidan vinilasetat hosil bo’lish reaksiyasi mexanizmi taklif etildi.