Mazkur maqolada Muhammad Ali qalamiga mansub “Ulug’ saltanat” tetralogiyasining
uchinchi juzvi xususida so’z yuritiladi. Ya’ni poetik g’oyani yuzaga chiqaruvchi va muvofiqlashtiruvi pafos
tushunchasiga oydinlik kiritiladi. Badiiy pafos – tasvir uslubining bir uzvi. Unda liro-romantik kayfiyat
zuhur topadi. Yozuvchi ijodiy g’oya va niyati pafos bilan bevosita bog’liq holda kechadi. Aynan ushbu
jihat tetralogiyaning mazmuniy ko’lamiga borib taqalishi nazariy jihatdan dalolatlanadi.