Mazkur maqola Sayqaliyning “Bahrom va Gulandom” dostoni badiiyati masalalarini
o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoirning tashbih san’atidan foydalanish mahorati tahlil etilgan.
Ushbu masalaning hal qilinishi, birinchidan, tadqiq qilinayotgan romantik doston mohiyatini yanada
yaqqolroq ochilishini ta’minlasa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos tomonlarini yoritishga ham xizmat qiladi