“TANHOLIK TANTANASI” ROMANIDA DAVR MANZARALARINING AKS ETISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Surxon Bo‘riyevning “Tanholik tantanasi” romanida davr manzaralarining badiiy ifodalanishi tahlil qilinadi. Asarda zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy muammolari, inson ruhiyatidagi ziddiyatlar, qishloq va shahar hayoti, oilaviy qadriyatlar hamda globallashuv sharoitida shakllangan yangi tafakkur badiiy vositalar orqali yoritilganligi ko‘rsatib beriladi. Muallif davr ruhini voqealar rivoji, qahramonlarning ichki kechinmalari va falsafiy mushohadalar vositasida ochib beradi. Badiiy adabiyot jamiyat taraqqiyoti, tarixiy voqelik va inson tafakkurining o‘ziga xos ifodasi hisoblanadi. Har bir davr o‘zining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va madaniy xususiyatlarini adabiy asarlar orqali aks ettiradi. Shu bois badiiy asarda davr manzaralarini o‘rganish nafaqat muallif dunyoqarashini, balki jamiyat taraqqiyotining muhim bosqichlarini anglash imkonini ham beradi.