03.00.00 - Biologiya fanlari

TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IDA YANGI TURLARNING DASTLABKI INTRODUKSIYASI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR

Xamrayeva D.T.1, Xojimatov O.K., Faxriddinova D.K., Xujanov A.N.
Nashr: №1
27.03.2025
702 marta o'qildi
151 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

. Ilk bor Toshkent Botanika bog‘i sharoitida Abelmoschus manihot (L.) Medik., Chamaecrista nomame (Makino) H. Ohashi, Senna obtusifolia (L.) H.S.Irwin & Barneby, Curcuma longa L. Va Curcuma zedoaria (Christm.) Roscoe turlari introduksiya qilingan. Yangi sharoitda Abelmoschus manihot, Chamaecrista nomame, Senna obtusifolia turlari vegetatsiya yilining birinchi yilida urugʻ hosil qilishgan. Curcuma longa va Curcuma zedoaria turlari esa qishki sovuqlarda ildiz tizimi chidamasligi tufayli moslashmagan va faqat yopiq grunt sharoitida yetishtirish mumkinligi aniqlangan.

Kalit so'zlar:

dorivor va xomashyobop oʻsimliklar introduksiya Abelmoschus manihot Chamaecrista nomame Curcuma longa Curcuma zedoaria va Senna obtusifolia.