10.00.00 - Filiologiya fanlari
BADIIY MATNLARDA SINTAKTIK PARALLELIZMNING QO‘LLANILISHI VA USLUBIY VAZIFALARIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR
O.Yusupova
Nashr: №6
19.02.2025
741 marta o'qildi
197 ta yuklash
12 bet
Annotatsiya
Ushbu maqolada poetik sintaksis turlaridan biri, poetik individuallikni ta’minlashda o‘ziga xos o‘ringa ega figuralardan sintaktik parallellizm hamda uning badiiy matndagi uslubiy vazifalari o‘rganilgan. Sintaktik parallelizmning matnda intonatsion butunlikni tashkil etish, matn ekspressivligi va ta’sirchanligini ta’minlash, qisqalik, ixchamlik, bir xillik hamda go‘zallik hosil qilish kabi qator vazifalari nasriy, she’riy va dramatik asarlardan olingan misollar asosida tahlil etilgan.
Kalit so'zlar:
badiiy matn
sintaktik parallelizm
bir xillik
shakliy mukammallik
ritm
musiqiylik
emotsional ekspressivlik
qisqalik
go‘zallik
jonlilik.