10.00.00 - Filiologiya fanlari
BILVOSITA NOMLASHNING UMUMNAZARIY MUAMMOLARI (INGLIZ TILI MISOLIDA)
I.Yo.Beknazarova, D.U.Jo‘rayeva
Nashr: №6
19.02.2025
1082 marta o'qildi
153 ta yuklash
13 bet
Annotatsiya
Ushbu maqola bilvosita nomlashning umumnazariy jihatlarini lingvistikaning semantika, pragmatika, va kognitiv tilshunoslik sohalaridagi yondashuvlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ingliz tilida bilvosita nomlash metafora, metonimiya, idiomalar orqali ifodalanib, mazmunni noaniqlik, madaniy kontekst va pragmatik xususiyatlar orqali boyitadi. Tadqiqotda Grice tamoyillari, Sperber va Wilsonning relevans nazariyasi, Lakoff va Johnson metafora nazariyalari asosida bilvosita nomlashning ijtimoiy-madaniy va kognitiv jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari, maqolada bilvosita nomlashning chet tillarni oʻrganuvchilar uchun qiyinchilik tugʻdiruvchi jihatlari tahlil qilinadi va til oʻrganish jarayonida kontekstning ahamiyati ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar:
bilvosita nomlash
metafora
metonimiya
pragmatika
semantika
madaniy kontekst
kognitiv tilshunoslik
relevans nazariyasi
idiomalar