05.00.00 - Texnika fanlari

DIMETILEFIRDAN ALKENLAR OLISH JARAYONI TERMODINAMIKASI VA KINETIKASI

18. N.Sh.Egamberdiyev
Nashr: №1
04.04.2024
749 marta o'qildi
605 ta yuklash
13 bet

Annotatsiya

Ishda dimetilefirdan alkenlar olish jarayoni termodinamikasi va kinetikasi o‘rganilgan. Reaksiya mahsulotlarining muvozanat tarkibini aniqlash uchun Vant-Goff tenglamasidan foydalanilgan. Suyuq holatdagi tarkibida kislorod saqlovchi organik moddalar tahlil qilishda xromatomassspektrometri Shimadzu HPMS 2010, Kristallyuks 4000M va kristall 2000M xromatograflaridan foydalangan. Tadqiqotlar differensial reaktor sharoitida o‘tkazilgan. Reaksiya mexanizmi haqidagi tasavvurlar asosida reaksiyalarning elementar bosqichlari tezlik konstantalari va adsorbsion koeffisientlarni o‘ziga qamrab oladigan kinetik tenglamani hosil qilingan. Tadqiqotlar natijasida quyi molekulyar etilen qatori uglevodorodlaridan etilen, propilen va butilenlar hosil bo‘lishining oksoniy-ilid mexanizmi taklif etilgan

Kalit so'zlar:

metanol dimetilefir kinetika mexanizm termodinamika differensial mexanizm.