02.00.00

KAOLINDAN YUQORI KREMNIYLI SEOLITLAR OLISH

B.Sh.Shukurov., Sh.B.Raxmatov., N.I.Fayzullayev
Nashr: №111
05.01.2023
704 marta o'qildi
378 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Maqolada mahalliy xomashyo boʻlgan Nurobod kaolinidan yuqori kremniyli seolit sintezi metodikasi taklif qilingan va olingan seolitlar fizik-kimyoviy xarakteristikalari oʻrganilgan. Seolitlar tarkibidagi natriy oksidning massa ulushini aniqlash fotometriya usulidan foydalanib PAJ-2 alanga fotometrida, rentgenografik tahlili “DRON-3” rentgenli qurilmasida amalga oshirildi. Solishtirma-sirt yuzaning, gʻovagi solishtirma hajmining harorat boʻyicha oʻzgarishi, kristallik darajasi bilan turli xil haroratlarda kristallanish davomiyligi orasidagi bogʻliqlik, morfologiyasi skanerlovchi elektron mikroskopiya yordamida oʻrganildi. Kristallanish davomiyligini oshirish barcha namunalar kristallik fazalari miqdorining oshishiga olib kelishi isbotlandi

Kalit so'zlar:

kaolin yuqori kremniyli seolit solishtirma-sirtyuza solishtirma hajm kristallik darajasi